Biz haqimizda

yordam dasturlari haqida

Barakaning «Siyosatlar haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda siz ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz sizga mavjud turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish kerakligi haqida tushuncha berishni osonlashtirishdir. Biz ushbu muhim ijtimoiy siyosatlar haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar taqdim etishga intilamiz.

Afzalliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi

To‘lov miqdori

920 000 so’m

Tasdiqlovchi hujjat

PF-108, 12.08.2024 y.
VMQ-119, 23.03.2023 y.

Davriylik

Nogironligi belgilangan mudattning butun davrga, biroq nogironligi bo‘lgan bola 18 yoshdan oshmagan muddatda, har oy

Ariza berish tartibi

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

Nafaqa kimlarga tayinlanadi?
Nogironligi bo‘lgan (shu jumladan orfan kasalligi bo‘lgan) yoki OIVga chalingan 18 yoshgacha bolalar yoki ularning qonuniy vakillariga.

Qayerga murojaat qilinadi?
Nafaqa fuqarolarning murojaatlarisiz «proaktiv shakl»da tayinlanadi va to‘lanadi.

Qanday holatlarda nafaqani tayinlash rad etiladi?
– Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonuniy vakilning nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola va OIVga chalingan 18 yoshgacha bola bilan qarindoshlik aloqalari haqidagi ma’lumotlar aniqlanmaganligi toʻgʻrisida ma’lumot berilganda;
– qonuniy vakilning nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola va OIVga chalingan 18 yoshgacha bolaning vasiysi yoki homiysi ekanligi haqidagi ma’lumotlar aniqlanmaganda.

Nafaqa to‘lovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?
Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra nafaqa naqd shaklida yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga (plastik kartasiga) pul o‘tkazish yo‘li bilan AT «Xalq banki» bo‘limi (filiali) tomonidan to‘lanadi. Bankning mas’ul xodimlari naqd shakldagi to‘lovlarni mahallarga yetkazgan holda har oy to‘lab boradi.