Barakaning «Siyosatlar haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda siz ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz sizga mavjud turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish kerakligi haqida tushuncha berishni osonlashtirishdir. Biz ushbu muhim ijtimoiy siyosatlar haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar taqdim etishga intilamiz.

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moddiy yordam
Uy-joy kommunal xizmatlari haqi hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari xarajatlarini qoplash uchun minimal iste’mol xarajatlari 1 baravar 669,0 ming so‘m miqdorida har oylik pul to‘lovi.
VMQ-119, 23.03.2023-y.
| “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi |
| Nafaqa kimlarga tayinlanadi? O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar va yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi. Ular maxsus elektron ro‘yxatga kiritiladi va shu asosda moddiy yordam avtomatik tarzda tayinlanadi. |
Qayerga murojaat qilinadi?Ariza topshirish talab etilmaydi. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida nafaqa avtomatik ravishda tayinlanadi. |
Kerakli hujjatlar: Alohida hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi. |
Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish tartibiFuqarolarni «o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa va yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxs» deb tan olish yoki bekor qilish «Yagona milliy ijtimoiy himoya» tizimida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.Yordam tayinlangani yoki bekor qilingani haqida 5 daqiqa ichida fuqaroning mobil telefoniga SMS-xabar yuboriladi. |
To‘lov qanday amalga oshiriladi?Har oyning 4-sanasiga qadar shakllantirilgan elektron ro‘yxatlar AT “Xalq banki”ga taqdim etiladi.Nafaqa har oyda AT «Xalq banki» orqali fuqaroning xohishiga ko‘ra plastik kartaga yoki naqd shaklda to‘lanadi. |
To‘lov qanday holatlarda to‘xtatilishi mumkin?
|
Qo‘shimcha ma’lumotlar:Yordam, fuqarolik yoki yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taqdim etiladi;Moddiy yordam to‘lash fuqarolik yoki yashash guvohnomasining amal qilish muddati davomida amalga oshiriladi. |