Barakaning «Siyosatlar haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda siz ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz sizga mavjud turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish kerakligi haqida tushuncha berishni osonlashtirishdir. Biz ushbu muhim ijtimoiy siyosatlar haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar taqdim etishga intilamiz.

Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga yoshga doir nafaqasi
745 000 so’m
PF-69, 30.04.2024 y.
VMQ-119, 23.03.2023 y.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
| Nafaqa kimlarga tayinlanadi? Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga quyidagicha tayinlanadi: bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga — 55 yosh;ayollarga — 60 yosh;erkaklarga — 65 yoshga yetganda. |
Qayerga murojaat qilinadi? Nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili Davlat xizmatlari markazlariga yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlariga o‘zi kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi. |
Murojaat qilish jarayonida qanday hujjatlar talab etiladi? Murojaat qilish jarayonida alohida hujjatlar talabisiz elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi. |
Murojaatlar nechanchi sanaga qadar qabul qilinadi? Cheklovlar belgilanmagan. |
Murojaatni kim ko‘rib chiqadi va qaror qanday qabul qilinadi? Murojaatlar raqamlashgan tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi.Murojaatchining ma’lumotlari o‘rganganidan so‘ng nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu haqdagi ma’lumot murojaat qiluvchining mobil telefon raqamiga SMS shaklida yuboriladi (davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganida tegishli davlat xizmatlari markaziga). |
Qanday holatlarda nafaqani tayinlash rad etiladi? Shaxsni tegishli yoshga yetmaganligi, yoki yoshga doir pensiya oluvchisi boʻlgan holda. |
Nafaqa toʻlovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi? Nafaqalar oluvchining xohishiga koʻra fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga (plastik kartasiga) pul oʻtkazish yoʻli bilan yoki naqd shaklida AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali) tomonidan toʻlanadi.Bankning mas’ul xodimlari naqd shakldagi to‘lovlarni mahallarga yetkazgan holda har oy to‘lab boradi. |
| Ariza topshirish |