Barakaning «Siyosatlar haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda siz ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz sizga mavjud turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish kerakligi haqida tushuncha berishni osonlashtirishdir. Biz ushbu muhim ijtimoiy siyosatlar haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar taqdim etishga intilamiz.

Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha «Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»
11 550 000 so’m
2022-yil 29-iyundagi PQ-299
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
Paket kimlarga tayinlanadi?Ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga.
|
Qayerga murojaat qilinadi?Paket olish istagida bo‘lgan shaxslar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin uch oy muddatda o‘z xohishiga ko‘ra Ichki ishlar organlari probatsiya xizmatiga ariza taqdim etadi.
|
Ariza topshirishda qanday hujjatlar talab etiladi?Arizaga tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyiha, yordam pulini olish yo‘nalishi, qaysi maqsadlarda sarflanishi hamda loyiha natijasi bo‘yicha kutilayotgan taxminiy daromad haqida ma’lumot ilova qilinadi.
|
Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati xodimlari yuqoridagi hujjatlar bilan qanday ishlaydi?Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati 3 ish kuni mobaynida arizani Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyaga kiritadi. Idoralararo komissiyaga tuman (shahar) hokimi raislik qiladi.
Shuningdek, probatsiya xizmati Idoralararo komissiya raisi tomonidan loyihani moliyalashtirish yuzasidan xulosa tasdiqlangandan soʻng “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
|
Arizani kim koʻrib chiqadi va qaror qanday qabul qilinadi?Ariza Idoralararo komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi. Loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi: 1) boshlamoqchi boʻlgan tadbirkorlik, meʼmorchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi; 2) mahalla fuqarolar yigʻinining ijobiy tavsiyasi; 3) kam taʼminlangan yoki yolgʻizligi; 4) qaramogʻida nogironligi boʻlgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi; 5) koʻp (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy koʻmakka muhtojligi; 6) noturar joylarda istiqomat qilayotganligi.
|
Paketni tayinlash rad etilganda nima qilsa boʻladi?Idoralararo komissiya koʻmak oluvchilar loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan xulosaga kelganda, koʻmak oluvchilarga taqdim etilgan loyihani takomillashtirish yoki yangi loyiha taqdim etish boʻyicha tavsiyalar beradi. Koʻmak oluvchilar uch oy muddatda Idoralararo komissiyaning tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkin.
|
Nafaqa toʻlovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?Paket tayinlanganligi haqida koʻmak oluvchining mobil telefon raqamiga xabar yuboriladi. AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali) tomonidan paket toʻlovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi. AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali) tomonidan paket toʻlovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi. |