Barakaning «Siyosatlar haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda siz ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz sizga mavjud turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish kerakligi haqida tushuncha berishni osonlashtirishdir. Biz ushbu muhim ijtimoiy siyosatlar haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar taqdim etishga intilamiz.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyas
Vafot etgan shaxs(lar)ning ish staji va ish haqi miqdoriga bog‘liq.
o‘rtacha miqdor – 1 273 705 so‘m
O‘RQ-938-XII-son, 12.08.2024 y.
VMQ-592, 13.10.2022 y.
“Pensiya” axborot tizimi
| Pensiya kimlarga tayinlanadi? Vafot etgan (bedarak yo‘qolgan deb topilgan) boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga.Talab etiladigan eng kam ish staji boquvchining vafot etgan paytdagi yoshiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 17-moddasida belgilangan |
Qayerga murojaat qilinadi?1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi2. Davlat xizmatlari markazlari3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
Pensiya tayinlash muddatlari? 1. Boquvchi vafot etgan (bedarak yo‘qolgan deb topilgan kun)dan e’tiboran olti oydan oshmagan muddatda murojaat etilgan bo‘lsa, vafot etgan (bedarak yo‘qolgan) kundan tayinlanadi.2. Boshqa hollarda murojaat etilgan kundan tayinlanadi. |
Qanday holatlarda nafaqani tayinlash rad etiladi?1. Boquvchi vafot etmagan (bedarak yo‘qolgan deb topilmagan)da 2. Boquvchi zarur ish stajiga ega bo‘lmaganda |
Pensiya to‘lovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?Pensiya pensionerning xohishiga ko‘ra:– naqd shaklda; (AT “Xalq banki” bo‘limi (filiali) tomonidan pensionerning yashash bo‘yicha yetkazib beriladi)– bank plastik kartasi orqali; – ijtimoiy karta orqali (2025-yil 1-oktyabrdan). To‘lov oyning 27 sanasiga qadar amalga oshiriladi |
| Ariza topshirish |