Barakaning «Siyosatlar haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda siz ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz sizga mavjud turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish kerakligi haqida tushuncha berishni osonlashtirishdir. Biz ushbu muhim ijtimoiy siyosatlar haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar taqdim etishga intilamiz.

Homiladorlik va tugʻish nafaqasi
2 767 000 so’m
(Minimal isteʼmol xarajatlarining (MIX) 4 barobari miqdorida bola tugʻilguncha bir marta beriladi)
VMQ-515, 20.09.2022-y.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
Kimlarga tayinlanadi?
Oxirgi 6 oy davomida yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat shartnomasi asosida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish munosabati bilan nafaqa tayinlanadi.
Qayerga murojaat qilinadi?
Alohida murojaat talab etilmaydi ya’ni proaktiv shaklda tayinlanadi. Nafaqa avtomatik tarzda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali tayinlanadi.
Murojaat qilish jarayonida qanday hujjatlar talab etiladi?
Hech qanday qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Hududiy ambulator-poliklinika yoki tug‘uruqxona tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yetarli hisoblanadi va tizimga avtomatik kiritiladi.
Arizani kim koʻrib chiqadi va qaror qanday qabul qilinadi?
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali avtomatik tarzda quyidagilar tekshiriladi:
Qaror avtomatik tarzda qabul qilinadi va natijasi SMS orqali xabar qilinadi.
Qanday holatlarda nafaqani tayinlash rad etiladi?
Nafaqa toʻlovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?
Har oyning 27-sanasigacha AT «Xalq banki» boʻlimlari orqali plastik karta yoki naqd shaklda amalga oshiriladi. Nafaqa tayinlanganligi haqida SMS-xabar yuboriladi.