Barakaning «Siyosatlar haqida» sahifasiga xush kelibsiz. Bu yerda siz ijtimoiy nafaqalar va yordam dasturlarimiz haqida batafsil ma’lumot olasiz. Maqsadimiz sizga mavjud turli xil qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, muvofiqlik talablari va har bir imtiyoz uchun qanday ariza topshirish kerakligi haqida tushuncha berishni osonlashtirishdir. Biz ushbu muhim ijtimoiy siyosatlar haqida sizga aniq va tushunarli ma’lumotlar taqdim etishga intilamiz.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari uchun vaoucher
Miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) o‘ttiz foizidan (112,5 ming so‘m) oshmaydigan reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun mablag‘lar ushbu vositalarga muhtojlik belgilangan shaxslarning ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beriladi.
PQ–88, 27.02.2024-y.
VMQ–253, 30.04.2024-y.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
Kimlarga beriladi:
Nogironligi bo‘lgan va protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarga.
Qayerga murojaat qilinadi?
Murojaat talab qilinmaydi, avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ariza qanday ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi?
Tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan elektron xulosalar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimiga avtomatik ravishda kelib tushadi va shu asosda avtomatik ravishda vaoucher shakllantiriladi.
Vaoucher orqali qanday buyurtma qilish mumkin?
Reabilitatsiya vositalari – «Uzum Market» orqali;
Protez moslamalari – «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi maxsus yaratilgan marketplace POM market (https://my.ihma.uz/pom-market) orqali tanlab buyurtma qilinadi.
To‘lov qanday amalga oshiriladi?
Buyurtma berilgandan keyin vosita yetkazib beriladi va uning olinganligini «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tasdiqlaydi;
Tasdiqlangach, mablag‘lar tashkilotga avtomatik tarzda 10 kun ichida o’tkaziladi.