Kelajakka
ishonch

O‘zbekiston hukumati fuqarolar uchun zarur davlat ijtimoiy xizmatlaridan foydalanish tartibini tubdan rivojlantirmoqda. Ushbu ilova ishga tushirilishi bilan barcha fuqarolarning hayoti yanada osonroq, unumliroq va qadrliroq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan mazkur tashabbus ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish va fuqarolar manfaatlarini ustuvor darajaga olib chiqishga qaratilgan.

Tashabbusning markazida – har bir fuqaroning salohiyatiga ishonch va hech kim e’tibordan chetda qolmasligi turadi. Hukumat istiqbolni har bir inson rivojlanishi va ertangi kuniga umid bilan qaraydigan jamiyat qura olishida ko‘radi.

Biz haqimizda
Inson Qadri Uchun

Har bir inson qadr-qimmati uchun

Ushbu ilova «Inson qadri uchun» degan kuchli g‘oyani o‘zida namoyon etadi. U har bir fuqaroning kelib chiqishidan qat’i nazar, zarur bo‘lgan xizmatlardan erkin va qulay foydalanishini ta’minlaydi. Bu tashabbus shunchaki texnologiya bilan bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki hukumatning mamlakat aholisi hayotini yanada yaxshilashga bo‘lgan chuqur ishtiyoqini aks ettiradi.

Tashabbus maqsadi nima?

Ushbu platforma ko‘plab fuqarolarning yillar davomida davlat xizmatlaridan foydalanishda duch kelgan muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu platforma davlat xizmatlarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirib, foydalanishni osonlashtiradi, ijtimoiy to‘lovlar, nafaqalarni olish jarayonini yanada samarali va tezkor qiladi. Ijtimoiy to‘lovlar, nafaqalar va zarur yordamlarni endilikda bir necha tugmani bosgan holda olish mumkin bo‘ladi. Fuqarolar kerakli yordamni olish uchun ortiqcha kutishmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus, O‘zbekiston aholisi uchun zarur bo‘lgan davlat xizmatlardan xavfsiz va samarali foydalanishini ta’minlaydi. Agentlikning mazkur tashabbusda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Fuqarolar manfaatini
Birinchi o‘ringa qo‘yish

Mohiyatan, bu tashabbus insonlar haqida. Ushbu platforma har bir fuqaroning davlat tomonidan qadrlanayotgani, hurmat qilinayotgani va qo‘llab-quvvatlanayotganini his qilishini ta’minlashga qaratilgan. Maqsadimiz — muhim xizmatlardan foydalanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etib, yordam har doim mavjud bo‘ladigan tizimni yo‘lga qo‘yish.

Tasavvurimizdagi
Kelajak

Ushbu tizimini to‘liq joriy etish orqali qog‘ozbozlik tarixga aylanadi. Fuqarolar transport imtiyozidan ijtimoiy nafaqagacha bo‘lgan barcha xizmatlarni to‘liq raqamli tizim orqali tez va qulay olishi imkoniga ega bo‘lishadi.

Har bir fuqaro uchun
Imkoniyat

Bu tashabbus insonlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Murakkab jarayonlar soddalashib, odamlar o‘z ehtiyojlarini oson va ishonchli hal qiladi. Bu inson manfaatini ko‘zlagan innovatsiya mahsulidir.

Farovon va inklyuziv jamiyat qurish

Bu platforma orqali O‘zbekiston hech kim chetda qolmaydigan jamiyatni bunyod etmoqda. Xizmatlar yanada qulay va ochiq bo‘lib, har bir fuqaro munosib, oson va imkoniyatlarga boy tarzda yashashi ta’minlanadi.